Xitoy Xalq Respublikasiga xizmat safari doirasida «UzTest» davlat markazi delegatsiyasi va «ASAKA MOTORS INTERNATIONAL» MChJ sertifikatlash bo’limi boshlig’i Qurbonov Hayratjon SAIC GM WULING Co. Ltd. zavodi rahbarlari va mutaxassislari bilan ish uchrashuvini o’tkazdi.
Muzokaralar davomida WULING BINGO S va WULING 310 S avtomobillari bo’yicha zavod tekshiruvlarini tashkil etish, texnik talablar, sinovlar va sertifikatlash jarayonlari tartibi, shuningdek ishlab chiqarish korxonasida baholash ishlarini o’tkazish tashkiliy masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar keyingi hamkorlik bosqichlari yuzasidan har tomonlama fikr almashdilar.
